Docker loyihani istalgan kompyuterda bir xil muhitda ishga tushirish imkonini beradi. Bu maqolada Django, PostgreSQL va Nginx’ni bitta buyruq bilan qanday ko‘tarishni ko‘rib chiqamiz.
1. Asosiy fayllar
- Dockerfile — Python muhiti va bog‘liqliklar
- docker-compose.yml — web, db va nginx xizmatlari
- .env — maxfiy sozlamalar
2. Ishga tushirish
docker compose up -d --build
docker compose exec web python manage.py migrateShundan so‘ng sayt http://localhost manzilida ochiladi. Ishlab chiqarishda esa DEBUG=False qilishni va statik fayllarni yig‘ishni unutmang.